Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ta’limni munosib raqamli manbalar bilan boyitish —davr talabi
    03.06.2020

             O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stragegiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020 yil 2 martdagi PF–5953-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
             Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yoshlar ta’limi va ayollar bandligi bo‘yicha “Besh tashabbus” loyihasi doirasida 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab alohida umumta’lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron o‘qitish bo‘yicha, shu jumladan elektron sinf jurnali, o‘quvchilar kundaliklarini raqamlashtirish va elektron materiallar kutubxonasini (darsliklar, video darslar, virtual laboratoriyalar va boshqalar) o‘z ichiga olgan tajriba tariqasida axborot tizimlarini qog‘oz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etish vazifasi yuklatilgan.

             Uchinchi tashabbus doirasida videodarsliklar ishlab chiqildi. Yoshlarni masofadan turib AKT yo‘nalishida ta’lim olishlari uchun 80 ta (robototexnika, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va mobil ilovalar yaratish bo‘yicha) onlayn video darsliklar ishlab chiqildi. utube.uz/ru/users/7717, https://mover.uz/channel/it-center/
             Shuningdek, elektron sinf jurnali, o‘quvchilar kundaliklarini raqamlashtirish va elektron materiallar kutubxonasi uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi server va Internet xizmatlarini bepul ta’minladi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati