Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Olimjon Umarov yangi lavozimda ish boshladi
    27.05.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-may PQ-4710-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan mazkur lavozim joriy qilingan edi.

    2017 yilning iyunidan boshlab hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

     

    Manba: Axborot xizmati