Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasidan suv chiqishi natijasida telekommunikatsiya tarmoqlariga ehtimoliy ta’siri to‘g‘risida
    01.05.2020

    Bugun 1 may tongda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasidan suv chiqishi oqibatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilindi.

    Ehtimoliy salbiy oqibatlar natijasida telekommunikatsiya tarmoqlarida shikastlanishi kabi holatlarning oldini olish maqsadida bir qator telekommunikatsiya ob’ektlari, xususan xavfli xududlardagi telefon stansiyalari va mobil aloqa baza stansiyalari ishlashi nazoratga olindi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarida ehtimoliy kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etishni tashkil etish hamda barqaror aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini qayta tiklash uchun soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarning zahira kuchlarini shu hududga safarbar etdi.

    Shu bilan bir birga aholi evakuatsiya qilingan hududlarda tashkil etilgan muvofiqlashtirish markazlarini zarur aloqa tarmoqlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

    Ushbu xududlarda foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatilishida to‘xtalishlar va uzilishlar kuzatilishi mumkin.

    Manba: Axborot xizmati