Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlikning navbatdagi hay’at majlisi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.
    17.04.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining navbatdagi Hay’at majlisi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda “Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining moliyaviy faoliyati, o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

    O‘tgan davr mobaynida tizimdagi oliy o‘quv yurtlarida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlar qo‘lga kiritilgani ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, universitetlar faoliyatida bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi belgilandi.

    Hay’at majlisida ko‘rilgan masala yuzasidan vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘limlarining ushbu masalalar to‘g‘risida fikrlari tinglandi.

    Kun tartibiga ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan, Hay’at majlisining tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra universitetlarda o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini yanada oshirish, shuningdek moliyaviy faoliyatni yuritish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni barataraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab olindi.

    Manba: Axborot xizmati