Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ertaga kibersport bo‘yicha “Adrenaline Online Cyber Cup” onlayn musobaqa boshlanadi
    15.04.2020


    Avval xabar berganimizdek, 16-apreldan 18-aprelga qadar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IT-Park va Adrenaline Rush bilan birga FIFA и Counter Strike:GO boʻyicha kibersport onlayn musobaqani o‘tkazadi.

    Musobaqa butun jahonga mashhur FACEIT platformasida Qozogʻiston Respublikasi serverlarida boʻlib oʻtadi.

    Musobaqaning birinchi kuni Counter Strike:GO boʻyicha oʻyinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa bo3 olimpiya tizimi boʻyicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi oʻrin uchun ikkita match kutadi.

    FIFA matchlari guruhlarga boʻlinadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni boʻyicha belgilanadi.

    Sovrin jamg‘armasi 60 million soʻmni tashkil qiladi!

     

    Sovrinli oʻrinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

    Counter Strike:GO:

    1-o’rin — 25 million soʻm;

    2-o’rin — 15 mln. soʻm;

    3-o’rin — 10 mln. soʻm.

     

    FIFA:

    1-o’rin — 5 million soʻm;

    2-o’rin — 3 million soʻm;

    3-o’rin — 2 miilion soʻm.

     

    Musobaqa gʻoliblari sovrinlarni jamoa sardori yoki oʻyinchisiga tegishli debet kartaga mablagʻni oʻtkazish yoʻli bilan olishadi.

    Musobaqaning markaziy o‘yinlarini Oʻzbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil “BATKA” va Sergey “Greed” sharhlab boradilar.

    Musobaqaning boshlanish vaqti: 16-aprel,14:00.


    Musobaqa quyidagi IT Parkʼning rasmiy YouTube kanali orqali jonli efirga uzatiladi: 

    https://www.youtube.com/channel/UCZWqg4oxo2PyLGuQifUbeqg/videos


     

    Manba: Axborot xizmati