Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “1197” qisqa raqamiga barcha qo‘ng‘iroqlar mutlaqo bepul amalga oshirilmoqda
    04.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil qilindi. Markazda tadbirkorlar ko‘ngillilar hamda volontyorlarni shuningdek yoshi ulug‘ nochor ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning murojaatlarini qabul qilishni tashkil etish ushbu markazlarga tezlikda va qulay bog‘lanishlari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “1197” qisqa raqam tashkil etildi.

    Aholini murojaatlari bilan tizimli ishlash va manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan “1197” qisqa raqami bilan call-centrga O‘zbekistonlab bo‘ylab barcha qo‘ng‘iroqlar mutlaqo bepul amalga oshirilmoqda.

    “Call-centr”ga ko‘plab qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilmoqda. Murojaatchilar qo‘ng‘iroqlariga tezkor javob berish maqsadida vazirlik tomonidan bir qator ishlar tezlikda amalga oshirilmoqda. Bugun 4 aprel kuni ushbu markazlarga murojaatlarning ko‘payganligini inobatga olib, Vazirlik tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha 10 nafardan ortiq operatorlar faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratdi. Vazirlik murojaatchilar soni ko‘payishiga qarab ushbu markaz faoliyat xizmatlarini kengaytirib boradi.

    Abonentlar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

    Ma’lumot uchun: 11-97 raqami orqali “Call-centr”ga yordam so‘rab murojaat qilishda quyidagi ma’lumotlarni oldindan tayyorlab qo‘yish zarur:

    • ehtiyojmandning pasport ma’lumotlari;

    • mahalla nomi.

    Ushbu ma’lumotlar ariza qabul qilish uchun kerak bo‘ladi.

     

    Manba: Axborot xizmati