Eslatib o‘tganimizdek, dushanba kuni ertalabdan boshlab sinov tariqasida umumta’lim maktab o‘quvchilariga masofaviy ta’lim berish maqsadida “onlayn-maktab” loyihasi ishga tushuriladi.
Mazkur videodarslar quyidagi telekanallar orqali efirga uzatiladi:
- “Uzdigital TV” abonentlari uchun: National Geographic (1-4 sinf o‘quvchilari uchun), Eurosport (5-8 sinf o‘quvchilari uchun), Oxota i Ribalka (9-11 sinf o‘quvchilari uchun) telekanallari o‘rniga;
- Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlari uchun: National Geographic (1-4 sinf o‘quvchilari uchun), TVS (5-8 sinf o‘quvchilari uchun), Fashion TV (9-11 sinf o‘quvchilari uchun) telekanallari o‘rniga;
- Uzoq va borish qiyin aholi punktlarida yashovchi abonentlari uchun — ochiq rejimda bepul asosda tarqatilayotgan 4 ta qo‘shimcha televizion kanallar orqali.