Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «Online-maktab» va «Online-bog’cha» televizion videodarslar test rejimida ish boshladi
    27.03.2020

             O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida, bir qator chora-tadbirlar belgilanmoqda.


             O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bundan aholiga, korxonalarga va tadbirkorlik sub’ektlariga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ham hukumat darajasida qator choralar ko‘rilmoqda.


             Shundan kelib chiqib, karantin sharoitida uyda yoki izolyatsiyada bo‘lgan maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida  O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, karantin davrida umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quvchilariga televizion videodarslarni tayyorlash va tarqatishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilgan.


             Xususan, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorlikda tayyorlovchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga «online-maktab» va «online-bog’cha» rukni bilan tashkil etiladigan televizion videodarslarni barchaga sifatli yetkazishni ta’minlash maqsadida “Uzdigital TV” MChJ, “O’zbekiston Kabel Televideniyasi” MChJ, kabel va efir kabel televideniye hamda IP televideniye tarmoqlari operator va provayderlari tarmoqlaridagi tijorat asosida tarqatilayotgan 4 ta xorijiy televideniye kanallari o‘rniga, shuningdek yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.


             Televizion videodarslarni:

    “Uzdigital TV” MChJ abonentlari National Geographic, Eurosport,Oxota i Ribalka, Muz TV telekanallari o‘rniga tomosha qilishlari mumkin;
    Kabel televideniye hamda IP televideniye abonentlari National Geographic, TVS, Fashion TV va RU.TV telekanallari o‘rniga tomosha qilishlari mumkin

    Manba: Axborot xizmati