Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM bepul foydalanish mumkin bo‘lgan ta’lim manbalari ro‘yhatini boyitdi
    27.03.2020

    Respublika oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalarining 2020-yil 16-martdan boshlangan rejadan tashqari ta’tillari munosabati bilan o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash va oliy o‘quv yurtlari talabalariga masofaviy uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida, «O‘zbektelekom» AK 2020-yil 26-martdan 1-maygacha mobil (“UzMobile” filiali) va simli Internet abonentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Internet quyida keltirilgan resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi:

    Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari doirasida “O‘zbektelekom” AK mobil (“UzMobile” filiali) va simli aloqa abonentlari karantin davrida ayrim OAV saytlari hamda ta’lim manbalaridan bepul foydalanish, shu bilan birga mobil aloqa abonentlari uchun “1003” yagona qisqa raqami orqali Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot markaziga bepul qo‘ng‘iroq qilish hamda “ZiyoNET” xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etilgan edi.

    Bundan tashqari “O‘zbektelekom” AK o‘z abonentlari uchun yangi xizmatini joriy etdi. Endigina kompaniya mijizlari uydan chiqmagan holda tarifini almashtirishga va xizmatlarga ulanishga imkoniga ega.

    Manba: Axborot xizmati