eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi.
    26.03.2020

    O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida, bir qator chora-tadbirlar belgilanmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda bundan aholiga, korxonalarga va tadbirkorlik sub’ektlariga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ham hukumat darajasida qator choralar ko‘rilmoqda.

    Shundan kelib chiqib, karantin sharoitida uyda yoki izolyatsiyada bo‘lganlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar “Indiyskoye kino”, “Dom Kino”, “Disney”, “Euronews” va “Discovery channel” telekanallari ochiq rejimda tarqatiladi.

    Vaqtingizni qiziqarli o`tkazing, o`zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

    Ma’lumot uchun:

    Agar ushbu telekanallar Sizning qurilmangiz ro`yxatida mavjud bo`lmasa, qurilmangizdagi «avtoqidiruv» funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

    Manba: Axborot xizmati