Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Inxa universiteti masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘ydi
    25.03.2020

    Universitet mutaxassislari masofadan ta’lim berish platformasini - IUT-DES «IUT Distance Education System»ni yaratdilar.

    Mazkur tizim o‘qituvchilarga masofadan turib ta’lim berish imkoniyatini beradi: tayyorlangan videoma’ruzalar va taqdimotlarni talabalar o‘zlari istagan qulay vaqtda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Talabalar videoma’ruzalarini turli gadjetlar orqali o‘zlari istagan qulay vaqtda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

    «Platformani ishlab chiqish jarayonida biz viloyatlarda istiqomat qiluvchi talabalarda har doim ham Internet tezligi yuqori emasligini hisobga olganmiz. Shu sababli biz darslarni onlayn olib borish ma’qul emas, deb qaror qildik. Biz ularni videoyozuvlar shaklida yuklaymiz. Shuningdek, universitet ma’lumot markazining imkoniyatlaridan foydalangan holda biz tizimni TAS-IX zonasiga joylashtirdik, unga ko‘plab provayderlar bepul kirish imkoniyatiga ega, - deydi Toshkent shahridagi Inha universiteti Axborot-Kompyuting Markazi (AKM) rahbari Kanat Sembiyev.

    Universitet auditoriyalaridan birida video ma’ruzalarni yozish uchun maxsus studiya jihozlangan.

    «O‘tgan hafta barcha test ishlari olib borildi. 21 martdan boshlab Universitet o‘qituvchilari veb-saytga kerakli tarkibni yuklay boshladilar. Shuningdek, mutaxassislar tizimga hududlardan, xususan Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan kirish imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Hammasi barqaror ishlamoqda. Jarayon davomida biz platformaning ishlashini ham kuzatib boramiz», dedi AKM rahbari.

    Eslatib o‘tamiz, 17 martdan boshlab Toshkent shahridagi Inha Universiteti v.b rektori Muzaffar Jalalovning buyrug‘i bilan 80 foiz Universitet hodimlari masofadan turib ish jarayonini bajarishmoqda va ayrimlari mehnat ta’tiliga chiqarilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati