eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori tasdiqlandi
    24.03.2020

    Unga ko‘ra, respublika hududida 2020 yil 24 martdan boshlab:

    • davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkaziladi;
    •  
    • fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘i va telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
    •  
    • idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘riladi.

    Manba: Axborot xizmati