Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Internet-tezligi bo‘yicha jaxon reytingida bir oy ichida 2 pog‘onaga ko‘tarildi
    20.03.2020

    “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi fevral oyi 2020 yil natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jaxon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana ikkita pozitsiyaga ko‘tarildi.

    Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 102-pog‘onani egallab tu‘ribdi va yanvar holatiga nisbatan 2 pozitsiyaga ko‘tarildi. Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o‘sdi ¬– 10,89 Mbit/c dan (2019 yil yanvar holatiga) 26,30 Mbit/c gacha (2020 yil fevral holatiga).

    Ma’lumot uchun: Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjaxon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

    Irlandiyalik Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jaxondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Hozirgi holatiga ko‘ra umumjaxon foydalanuvchilari tomonidan Speedtest portalida 27,3 milliardan ortiq testlar o‘tkazildi.

    Manba: Axborot xizmati

    Manba: Axborot xizmati