Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Navro‘zing – yangi kun, yangi davring muborak, jonajon O‘zbekistonim!”
    14.03.2020

    2020 yil 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2020 yil 3 martdagi PQ-4625-son qarori asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Navro‘zing – yangi kun, yangi davring muborak, jonajon O‘zbekistonim!” degan shior ostida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbiri o‘tkazildi.

    Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad - yasharish va yangilanish, yaxshilik va bag‘rikenglik, ezgu qadriyat va an’analar bayrami - Navro‘zi olamning ruhi va falsafasini, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida belgilangan ushbu ayyomning beqiyos ahamiyatini keng targ‘ib qilish, Navro‘z kunlarida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e’tibor yaqqol o‘z ifodasini topishini ko‘rsatib beradigan, atrof-muhitni, uning ne’matlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishdir.

    Bayram tadbirlarida Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari, ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari, soha faxriylari, vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

    Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri davomida Respublika hududlariga xos urf-odat va an’analar asosida ko‘rgazma, sumalak sayli, “Kitob yarmarkasi”, folklor guruhlari, sirk san’ati vakillari, iste’dodli estrada san’atkorlarining chiqishlari, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi, turli sahna ko‘rinishlari, milliy raqs va xalq o‘yinlari musobaqalari tashkil qilindi.
    Shu kuni tadbir ishtirokchilari milliy kurash, qo‘lda kuch sinashish – arm restling, varrak uchirish, tosh ko‘tarish arqon tortish, masofaga yugirish, quvnoq startlar kabi sport turlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi. 
    Ko‘rik-tanlov va musobaqalar g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlandi. 

    Manba: Axborot xizmati