Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm yoshlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
    12.03.2020

    Bugun, 12 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

    Vazir so‘z olib, qator dolzarb masalalarni o‘rtaga tashladi. Xususan, eng muhim yo‘nalishlardan biri axborot texnologiyalari sohasida yetuk kadrlar tayyorlash ekanini qayd etdi. Chunki, dunyo bo‘ylab kun sayin yangi va yangi nou-xaular yuzaga kelmoqda, jahon iqtisodiyotining raqamlashuvi va boshqa ko‘plab omillar texnologiyalar sohasi oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Ana shu tendensiyani yaxshi tushungan tizim jamoasi mamlakat yoshlarini jahon maydonida mustaqil va qat’iy yondashuviga ega bo‘lgan, ma’naviy va jismonan barkamol bo‘lib yetishishlari, zamonaviy yuqori texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratmoqda.

    Muloqotda yoshlarning o‘z ustida ishlashi, izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, mehnatiga yarasha rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha ham atroflicha fikrlashildi.

    Uchrashuvda yoshlarning tashubbuslari juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Tizimda yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, vazirlik tizimidagi rahbarlarga yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib belgilab olishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Muloqot davomida yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, mulohazalar bildirildi. Vazir Shuhrat Sodiqov ular tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalar yuzasidan sohadagi tegishli korxonalar rahbarlariga topshiriq berar ekan, ayrim iqtidorli yoshlarning takliflarini shaxsan o‘zi bafurja ko‘rib chiqishga tayyorligini, lozim topilsa, ularning amaliyotga joriy qilinishi ustida ish olib borilishini qayd etdi.

    Uchrashuvda  Vazir Shuhrat Sodiqov  filialning talabalari Sevara Polvonova, Melixol Umurzoqova, Shahnoza Qalandarova, Mansur Karimov, Ma’mur Bobojonovlarga vazirlikning sovg‘asini topshirdi. Dilnoza Artikovaga vazirlik stipendiyasiga sazovor bo‘lganligi haqidagi sertifikat taqdim etildi.

    Yoshlarning maqsad-muddaolarini yaqindan bilish, ularni katta-katta ishlarga safarbar etish maqsadida tashkil etilgan ushbu muloqot  samarali o‘tdi. 

    Manba: Axborot xizmati