Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT Vaziri yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni tabrikladi
    07.03.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi, Toshkent axborot texnologiyalari kafedrasi professori Saida Beknazarova ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 

    Prezidentimiz qaroriga binoan esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti   Xomidova Nasiba Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Bugun  8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Vazirlikda  yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan xotin-qizlarimizni  ushbu  mukofotlar  va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

    Ta’kidlanganidek, ayol oila va jamiyatning haqiqiy tayanchi. Oilada mehribon ona, vafoli yor bo‘lish bilan birga, xizmat faoliyatida ham ulkan marralarga erishayotgan, jonkuyar,fidoyi kasbdosh hamdir.

    Yildan-yiilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari ortib bormoqda. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida bugungi kunda 27 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 9 433 nafarini ayollar tashkil etishi, 363 nafar ayol rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda hotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir.