eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «Angry Birds» o‘yinning asoschisi Inxa talabalari bilan uchrashdi
    27.02.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘naltirilgan Murojaatnomasida O‘zbekiston oldida turgan eng muhim vazifani ko‘rsatib o‘tdi — “Raqamli O‘zbekiston-2030” yirik dasturni amalga oshirish va O‘zbekiston iqtisodiyotini to‘liq va kompleks ijobiy o‘zgartirish va halqaro maydonida raqobatbardoshlikni oshirish.

    Ammo bunday ezgu maqsadlarga erishish uchun mazkur vazifani uddalaydigan yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash kerak. Buning uchun ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanish, AKT sohasida yetakchilik qilgan obro‘li tashkilot, kompaniya va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatish, yoshlarimizga ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislardan o‘rganish imkoniyatini yaratish muhim.

    Bu maqsadda O‘zbekistonga IT sohasidagi obro‘li mutaxassislaridan biri, Angry Birds asoschisi Piter Vesterbaka taklif qilingan. Tashrif doirasida janob P. Vesterbaka Toshkentdagi Inxa Universitetiga ham tashrif buyurdi va talabalar bilan uchrashdi.

    Talabalar bilan suhbat davomida Piter Vesterbaka o‘zining hayotiy va professional tajribasi haqida aytib berdi. Tabbiyki, suhbat doirasida mashxur o‘yin «Angry Birds» haqida savollar ham kelib tushgan.

    P. Vesterbaka ta’kidlaganidek, unga va uning jamoasiga muvaffaqiyat birdaniga kelmagan edi. Kelgusida oynayijaxon millionlab ishqivozga ega bo‘lgan o‘ynning birinchi muxlisi dasturchilardan bittasining onasi bo‘lgan.

    “Nikolas onasiga biz yangi o‘yin o‘rnatilgan telefon topshirganimizda, ular bizga telefonni bir necha daqiqa o‘tgandan keyin qaytarib bermasdan, shu o‘yinni butun qishqi ta’til mobaynida o‘ynagan edi. Unda biz to‘g‘ri yo‘lni tanlanganimizga ishondik”, - deb aytib o‘tdi sharafli mehmon.

    Piter Vesterbaka – Rovio fin kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori, Angry Birds o‘yinning ixtirochilaridan biri. Kompaniyada Angry Birds biznesini rivojlantirish va franshiza, hamda bo‘yicha ma’suliyatli shahs bo‘lib, marketing va brending yo‘nalishlarida ham faoliyat olib boradi. Angry Birds dan tashqari yana 50taga yaqin o‘yin yaratgan. 2011 yilda TIME jurnali reytingi bo‘yicha Jahondagi eng nufuzli insonlar yuzlikka, 2015 yilda esa o‘ntalikka kirgan.

    Angry Birds — Rovio fin kompaniyasi tomonidan yaratilgan mashxur o‘yin. O‘yinning birinchi relizi (namoyishi) 10 dekabr 2009 yilda o‘tkazilgan. Birinchi o‘yin chiqqan paytidan boshlab kamida ikki yil ichida Angry Birds 500 milliondan ortiq martda foydalanuvchilar tomonidan yuklangan. 2012 yilning may oyida ushbu ko‘rsatqich milliardga yetdi, 2014 yilning fevralida esa — ikki milliardan oshdi. O‘yinning xarajatlari ortig‘i bilan qoplandi — 100 ming yevro boshlang‘ich kapital bilan kelgusida o‘yin 56 million yevro miqdorida foyda keltirdi.

     

    Manba: Axborot xizmati