Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Angry Birds” ixtirochisi Piter Vesterbak Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi
    26.02.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentga yonaltirilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, bugungi davrda O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsadida faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erishish mumkin. Va buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategic fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash zarur.

    Etuk va malakali kadrlarni tayorlashda eng ilg’or xorijiy tajribadan foydalanishda muhim or’in egallaydi. Hukumat tashabbusi bilan bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, xorijdan yurtimizga obro’li va yuqori tajriba va malakaga ega mutahassislar jalb qilinmoqda.

    Va bu borada 26-fevral kuni, Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabiga barchaga mashxur Angry Birds o'yini asoschisi Piter Vesterbaka tashrif buyurgani yorqin misol bo’la oladi.

    Tashrif doirasida mashxur matahassis maktabida yaratilgan barcha sharoitlar, to'garaklar bilan to'liq tanishib, o'quvchilarimiz bilan qiziqarli suhbatga ega bo'ldi. Suhbat davomida janob P.Vesterbak o’z hayotiy va professional tajriba to’g’risida so’zlab berdi, yoshlarga foydali maslahat berdi. O’quvchilar esa, o’z navbatida, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xalqaro mutaxassisdan kerakli motivatsiyaga ega bo'ldilar!

     

    Manba: Axborot xizmati