Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    24.02.2020

    24 fevral' kuni  O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida   Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Dja bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov Hindistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Santosh Djani O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e'tibor va amaliy sa'y harakatlarini alohida ta'kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi. Uchrashuv chog‘ida davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovasiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, raqamli iqtisodiyot o‘sishini rag‘batlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida ikki tomonlama hamkorlik masalalariga e'tibor qaratildi.

    Shuningdek, texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini kengaytirish. kiberxavfsizlikni ta'minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta'minlash bo‘yicha Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq investisiyaviy loyihalar muhoka qilindi.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa'y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati