Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan shahrida IT-Park filiali qurilish ishlari boshlab yuborildi.
    21.02.2020

             Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan “IT-Park” hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Bunday “IT-Park”lar birinchi navbatda Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida tashkil etilishi boshlab yuborildi.
             Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil ilovalar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
             Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam bo‘lib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
             Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
             Davlatimiz raxbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan izchil ishlar olib borilmoqda.
             Bunga misol qilib, Namangan viloyatida ham IT-Park filialinig qurilish jarayonlari boshlab yuborilganini aytib o‘tishimiz mumkin.
             Hozirda qurilishi bilan bog‘liq harakatlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Namangan viloyati xokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda IT-Park qurish uchun ajratilgan hudud, mahalliy infratuzilma, bosh reja, texnik tadqiqotlar va boshqa loyiha hujjatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, Namangandagi IT-Parkning bo‘lajak konsepsiyasi taqdim etildi.
             Qurilishning birinchi bosqichida 5800 kvadrat metr maydon foydalanishga topshiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati