Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
    20.02.2020

    Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining sayyor qabuli tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, tizimdagi korxona va tashkilotlarning mas'ul  vakillari ishtirok etdilar.

    Sayyor qabul kun tartibida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ushbu yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati to‘g‘risidaga masalalar ko‘rib chiqildi.  “Armug‘on”MFY faollari bilan uchrashuvda aloqa, pochta, internet, axborot texnologiyalari sohasidagi aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, eng asosiysi  har bir murojaat ortida inson taqdiri borligiga alohida e'tibor qaratildi.       

    Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha batafsil axborot berildi. Xususan, “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish belgilab olinganini, bu yo‘nalishdagi ishlarni markazlashgan holda olib borish natijasida “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini va davlat idoralarida axborot tizimlarini joriy etish jarayonlarini optimallashtirish va har tomonlama qulay axborot tizimlarini joriy qilish ko‘zda tutilgani ta'kidlandi.Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hududini kengaytirish va yangi infratuzilma ob'ektlari qurilishini boshlash maqsadida Texnopark konsepsiyasi ishlab chiqilib, Texnopark hududida 400 ming kv.m.dan ortiq ofis binolari, konferens zal, kovorking markazi, mehmonxona va boshka binolarni qurish bo‘yicha investorlarni joylashtirish hamda qurilish ishlari amalga oshiriladi.Buning natijasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi mingdan ortiq yangi korxonalar tashkil etilishiga hamda 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.Ushbu yo‘nalishda Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida 2020 yil yakuniga qadar Texnoparkning hududiy filiallari tashkil etiladi.

             Sayyor qabul davomida fuqarolardan simli aloqa, raqamli televidenie bilan qamrab olish, yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan murojaatlari atroflicha o‘rganilib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, kerakli tushuntirishlar berildi hamda vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tizimdagi tegishli  korxona va tashkilotlar hamda mobil aloqa kompaniyalariga tegishli topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati