eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Narpay tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
    13.02.2020

             Narpay tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining Sayyor qabuli tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik va hududiy boshqarma mas'ul xodimlari aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganishdi. Soha bo‘yicha hududda yuzaga kelgan muammolarni atroflicha joyida o‘rganib, tezkorlik bilan ijobiy hal etish imkoniyati yaratildi. 50 ga yaqin murojaat va takliflar ko‘rib chiqildi.

           Murojaatlar asosan telekommunikasiya , mobil aloqa , UZDIGIAL TV xizmatlari masalasi bo‘yicha kelib tushdi.Sayyor qabul davomida 15 ga yaqin murojaatlarga joyida yechim topildi, jumladan fuqaro Mahmudov Shuhrat yangi texnologiya asosida internet tarmog‘iga ulandi, Eshnazarova Zebo murojaati pochta bo‘limi tomonidan hal etildi.

          Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha batafsil axborot berildi. Xususan,

    -viloyatga 700 km. optik tolali kabel tortish orqali zamonaviy telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, Narpay tumani ham loyihaga kiritilgan;

    -700 ga yaqin mobil aloqa kompaniyalarining baza stansiyalarini modernizasiya qilish, o‘rnatish;

    -Samarqand shahrida IT-PARK qurish;

    -Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda, yuqori tezlikdagi Internet portlar sonini 131 mingtaga oshirish.

         Тa'kidlanganidek, 2020 yil davomida viloyatda bu kabi yirik loyihalarning amalga oshirilishi aholining telekommunikasiya xizmatlari va axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga, bu yo‘nalishda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish  sifatining o‘sishiga jiddiy turtki bo‘ladi.            

          Sayyor qabul davomida o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar  nazoratga olindi hamda mas'ul korxona rahbarlariga  tegishli ko‘rsatmalar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati