Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hokimliklar mas’ullari uchun o‘quv -seminar
    03.02.2020

    Joriy yil 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari ishtirokida malaka oshirish o‘quv-seminarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov ma’ruza qilib o‘quv-seminari ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

    Tadbirda ma’ruza qilgan AKT vaziri Sh.Sodiqov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning parlamentga 2019 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasi butun xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganini va Murojaatda mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan dolzarb masalalar o‘z aksini topganini ta’kidladi.

    O‘quv-seminarida Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirishda mahalliy hokimliklarning dolzarb vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Ishtirokchilari bilan bo‘lib o‘tgan seminar ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.

    Manba: Axborot xizmati