Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 31 yanvar kuni Toshkentdagi Inha universitetida «IT-Talk: Startups 2020» konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
    31.01.2020

    Toshkent shahridagi Inha universitetida «IT-Talk» nomi ostida raqamli texnologiyalar konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbir o‘z ichiga bir nechta yo‘nalishlarni qamrab olgan bo‘lib, birinchisi startaplar mavzusiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari va tizimda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

    Rasmiy ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlanganidek, taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur. Bu yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan bo‘ladi. Bugungi talabalar raqamli texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishi, olgan bilim va ko‘nikmalarini amlaiyotga tezroq joriy etishi va shu orqali yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda talabalarning fikr mulohazalari tinglandi.

    Ta’lim tizimi oldida turgan ko‘plab masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida bu yerda qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.Tadbir doirasida universitetda IT-Park rezidentlari, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining yangi startap loyihalari hamda ko‘rgazmalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

    
     

    Manba: Axborot xizmati