Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida joylashgan Mehribonlik uyiga kompyuter jamlanmalari berildi.
    30.01.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimli ish olib borilmoqda.Tashabbusni hayotga tatbiq etish doirasida bir qator xayrli tadbirlar ham amalga oshirilyapti. Xususan, vazirlik tomonidan 2020 yil 29 yanvar kuni Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan 32-son Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini, kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.Vazirlikning sovg‘alari - zamonaviy kompyuter jamlanmalari, futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va boshqa sport anjomlari Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va xursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida bu kabi xayrli amallarni bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati