eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Rossiya Federal Agentligi vakillarining IT-Parkga tashrifi
    17.01.2020

    Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal Agentligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi vakillari  IT-Parkga tashrif buyurdi.

    Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasidagi yosh tadbirkorlar oʻzlarining innovatsion loyihalarini amalga oshirishlariga imkon yaratadigan IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida axborot berildi.

    Rossiyalik mutaxassislarning  taʼkidlashicha, yoshlar tadbirkorligi – xalqaro maydonda davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli yoʻnalishlaridan biri boʻlib, bu sohada Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik  istiqbolga ega.

    Shuningdek, uchrashuv davomida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda Rossiya-Oʻzbekiston yoshlar biznes-inkubatorini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal Agentligi – Rossiyada davlat xizmatlarini koʻrsatish va yoshlarga oid davlat siyosati sohasida davlat mulkini boshqarish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi ijro etuvchi hokimiyatning federal organidir. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasining Yoshlar masalalari boʻyicha Federal Agentligining vazifasi yoshlarning oʻzini namoyon qilishi va buning natijasida ularning jamiyatdagi innovatsion salohiyatini samarali amalga oshirishi uchun maksimal darajadagi imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

     

    Manba: Axborot xizmati