eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «Ko‘ngilochar matematika» festivali boshlandi
    16.01.2020
    Toshkent shahridagi Inha universitetida uch kunlik «Ko‘ngilochar matematika» festivali ochildi. Ochilish marosimida Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati va Janubiy Koreyaning o‘qituvchilar jamiyati rahbari Mun Song Kim  ishtirok etdi. Yuzlab o‘qituvchilar, bolalar va ota-onalar Toshkent shahridagi Inha universitetiga noyob tadbir – «Ko‘ngilochar matematika» o‘quv-amaliy festivalida ishtirok etish uchun tashrif buyurdilar. Tadbir qiziqarli ko‘ngilochar o‘yinlar va miya uchun mashqlar bo‘lib, bolalarda juda katta taassurot qoldirdi.Tadbirning asosiy maqsadi – matematika fanining ajoyibligini namoyish etishdan iborat.

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirning birinchi kuni bo‘lishiga qaramay – 2500 dan ortiq qatnashchilar tashrif buyurdilar. Bu o‘rta maktab va oliy ta’lim muassasasi talabalaridur. Janubiy Koreadan 20 dan ortiq, bundan tashqari, 30 ta mahalliy matematika o‘qituvchilari murabbiy sifatida qatnashdilar. Tadbirda 75 nafar Inha universiteti talabalari qoshimcha yordamchi sifatida ishtirok etdilar.

    Festivalda yigirmaga yaqin turli xil matematik stendlar namoyish etildi, ulardan Kepler-Poinsotning yulduz shaklida yig‘ishi, mehmonlar kitobida-mozaika shaklida istak qoldirish, Sehrli mikserni ishga tushirish, Sierpinski Piramidasini qurish, Matematik Sudoku masalalarini to‘plamlari to‘plangan. Shuningdek, festivalda talabalar uchun tanlovlar va Janubiy koreyalik matematika professorlarining ma’ruzalari bo‘lib o‘tadi.

    Eslatib o‘tamiz, «Ko‘ngilochar matematika» birinchi o‘quv-amaliy festivali 2016-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan. Uch kun ichida festivalga 5 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan. Bu yil ishtirokchilar soni sezilarli darajada ko‘paymoqda.

    O‘quv-amaliy festival 17-yanvar kuni ham 9.30 da boshlanadi. Barcha xohlovchilar uchun kirish текин.

    Manba: Axborot xizmati