eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Loyihalarni amalga oshirish uchun 180 million dollar jalb etiladi
    14.01.2020

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17-20-dekabr kunlari Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashriflari ikki tomonlama hamkorliklar tarixida yangi sahifalar ochdi.

    Tashriflar yakunida hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar toʻplami, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolandi. Xususan, Yaponiya bilan 6 milliard dollardan ziyod qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

    Bunday ijobiy natijalar Yaponiya ishtirokidagi boshqa koʻplab loyihalarda ham kuzatilmoqda.

    Xususan, Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kredit mablagʻlari hisobidan “Maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berish markazlari (data-markazlar) tashkil etish”, “Paketli kommutatsiya xalqaro markazlarini kengaytirish”, “Telekommunikatsiya transport tarmogʻi va maʼlumotlar uzatish tarmogʻini kengaytirish”, “Radiotarmoqni modernizatsiya qilish” loyihalarini amalga oshirish uchun 180 million dollar mablagʻ jalb etishni rejalashtirgan.

    Shu bilan bir qatorda, yaponiyalik mutaxassis Esuaki Yoshida Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida vazir maslahatchisi sifatida faoliyat boshladi. U AKT sohasidagi korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash dasturini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish masalalari bilan shugʻullanadi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilish chogʻida tashriflar natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xarita”lariga muvofiq 2020-yil uchun belgilangan chora-tadbirlarning toʻliq va sifatli ijrosini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

    Manba: Axborot xizmati