eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yaponiyalik mutaxassis ish boshladi.
    13.01.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yaponiyalik mutaxassis Etsuaki Yoshida ish boshladi.
    Etsuaki Yoshida 1971 yil Yaponiyada tug‘ilgan va mehnat faoliyatini Yaponiya bankida boshlagan. Etsuaki Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
    Etsuaki Yoshida bugungi kunga qadar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki Kredit, baholash va xatarlarni boshqarish guruhi Mamlakatni kreditlash departamenti 3-bo‘lim direktori va bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan.
    Endilikda Yaponiyalik mutaxassis Axborot texnologiyalari korxonalarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish, xorijiy investitsiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish bilan shug‘ullanadi.

    Manba: Axborot xizmati