Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universitetiga boshqaruv direktori tayinlandi
    17.12.2019

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, Bobur Sagdullayevich Abdullayev Toshkent shahridagi Amiti universitetining boshqaruvi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
    Mehnat faoliyatini «O‘zbektelekom» kompaniyasida boshlagan Bobur Abdullayev turli yillarda AKT vazirligida mas’ul vazifalarda, shuningdek, «UZINFOCOM» yagona integratorida direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
    Tayinlovga qadar AKT vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

     

    Manba: Axborot xizmati