Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Zarbdor tumanida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” foydalanishga topshirildi.
    13.12.2019

    Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.
    Bugun, 13-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” foydalanishga topshirildi.
    Ushbu O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimlari S.Abduqayumov, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON” DUK direktori M.Maxmudov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i v.b. G‘.Qurbonov, Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Umrzoqov, Zarbdor tumani hokimi Z.Ruziyevlar ishtirok etishdi.
    Davlatimiz rahbarining joriy yil 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi mobaynida chog‘ida viloyatdagi barcha tuman va shaharlar markazlarini Mirzacho‘l tumani markazi kabi obod va ko‘rkam, aholi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan hududlarga aylantirish vazifasi qo‘yilgan edi. 
    Mazkur topshiriq doirasida Zarbdor tumaniga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul etib belgilandi.
    Tuman markazining zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablariga javob beradigan bosh loyihasi asosida yangi uy-joylar barpo etish, mavjudlarini ta’mirlash, bugungi taraqqiyot darajasiga monand ijtimoiy soha ob’ektlari, yo‘llar va piyodalar yo‘laklari, aholiga xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanlarini ochish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq ko‘plab qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.
    Vazirlik hamda AT “Aloqabank” tomonidan tuman markazida 13,4 mlrd.so‘m homiylik mablag‘lari evaziga qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilib bugungi kunda to‘liq yakuniga yetkazildi. 
    Shuningdek, tuman markazidagi “Motamsaro ona” majmuasi yangidan qurildi. Majmua maydoni obodonlashtirilib, manzarali daraxtlar ekildi va rangli chiroqlar bilan bezatilgan 2 ta favvora qurildi hamda tashrif buyuruvchilar uchun o‘rindiqlar o‘rnatildi. 
    Vazirlik mablag‘lari hisobidan yana bir yangi bino “Mahalla markazi” binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 
    Tuman aholisi va tadirkorlari uchun davlat xizmatlari ko‘rsatishda qulaylik yaratish maqsadida Zarbdor tumani Davlat xizmatlari markazi binosi qurilib, zarur mebel jihozlari bilan jihozlandi va bino atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
    Bugungi kunda AT “Aloqabank” kredit mablag‘lari hisobidan Zarbdor tumani Bosh rejasiga asosan “Mustaqillik” shoh ko‘chasida 4 qavatli 54 xonadonli 3 ta ko‘p qavatli uylarni qurish ishlari yakunlanish arafasida. 
    Tuman markazida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi hamda “To‘y va tantanalar” maskani qurish uchun tadbirkorlarga 3,6 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. 
    Soha korxonalarining o‘z mablag‘lari hisobiga telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanib qulayliklar yaratish maqsadida Zarbdor tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi binosi ham kapital tamirlanib, yangi mebellar bilan jihozlandi va mazur binoda telekommunikatsiya xizmatlari bilan birgalikda pochta xizmatlarini ham ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 
    Tumanda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun esa 3,8 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilib, 20 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi hamda 8 ta zamonaviy mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatildi.

     

    Manba: Axborot xizmati