O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi qaroriga muvofiq, IT sohani yanada takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, xorijiy mamlakatlar uchun IT-xizmatlarini taqdim etishni kengaytirish va umuman IT mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash markazi tugatilib, uning rezidentlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga o‘tmoqda.
Ushbu qadam O‘zbekiston Respublikasida IT-madaniyatini va boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi va mahalliy IT-mahsulotlar sifatini yangi darajaga ko‘taradi!
Manba: Axborot xizmati