Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «Scopus Award – 2019»: TATU yilning eng sermahsul oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi!
    07.12.2019

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilm-fanga ixtisoslashgan Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Scopus statiskasi bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotgan OTMlarning va o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning nomini e’lon qildi.

    Natijaga ko‘ra, TATU “Yilning eng sermahsul OTM” (“Growth of the Year”) sifatida e’tirof etildi va taqdirlandi!

    Taqdirlash marosimi shu yilning 6 dekabr kuni “Zarafshon” konsert zalida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etishdi.

    Ma'lumot uchun aytish joizki, taqdimotda 28 ta nominatsiya bo‘yicha 37 nafar olimlar va tadqiqotchilar, 6 ta OTM va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi. 

    Manba: Axborot xizmati