eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon bankining vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
    03.12.2019

    3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqov   Jahon bankining  vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

    Uchrashuvda vazir Jahon bankining rahbariyatiga mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga ko'rsatilayotgan e'tibor va ko'mak uchun minnatdorlik bildirdi.

     Jahon bankining vakillari axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, shuningdek, O'zbekistonda telekommunikatsiya sohasi bo'yicha takliflar tayyorlashga ko'maklashishga tayyorligini  ta'kidladi.

    Uchrashuvda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning hozirgi holati va "Digital CASA - Uzbekistan" qo'shma loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

    Manba: Axborot xizmati