Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Kompyuter savodxonligi – intellektual musobaqa” o‘tkazildi.
    30.11.2019

    Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning uchinchisi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Olmazor tumanidagi 133-umumta’lim maktabi ma’muriyati bilan hamkorlikda “Kompyuter savodxonligi – intellektual musobaqa” tadbiri o‘tkazildi.

    Musobaqa 4 yo‘nalishda, ya’ni 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Paint-ranglar jilosi” (Paint dasturida rasm chizish), 7, 8 va 9-sinf qizbolalari o‘rtasida “Mohir barmoqlar” (tez, bexato tekst terish), 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Microsoft Excel – aniqlik garovi” (biznes reja ishlab chiqish) va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Raqamli ta’lim” (Power Point dasturida slayd tayyorlash) yo‘nalishlarida baxs olib bordilar.

    Barcha sinflardan jami 582 nafar o‘quvchi mazkur intellektual musobaqada qatnashdilar.

    133-umumta’lim maktabida musobaqaning final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

     

    Manba: Axborot xizmati