Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    25.11.2019

    Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

    Bugun, 25-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Navoiy viloyati, Navoiy shahrida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” foydalanishga topshirildi.

    Markaz filialining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.X.Buronov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i U.G‘.Abdullayev, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Hududiy rivojlanish direktori N.T.Alibekov, Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi direktori N.B.Nasrullayev va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi bo‘limi boshlig‘i A.B.Shazimovlar ishtirok etishdi.

    Ma’lumot uchun:

    Respublika miqyosida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markaz”larini tashkil etish bo‘yicha shu kunga qadar Namangan viloyatida (Namangan sh., Kosonsoy t.), Farg‘ona viloyatida (Marg‘ilon sh.), Andijon viloyatida (Andijon sh.), Sirdaryo viloyatida (Mirzaobod t.), Buxoro viloyatida (Kogon sh.), Xorazm viloyatida (Xiva sh.), Surxondaryo viloyatida (Angor t.), Toshkent viloyatida (Bo‘ka, Piskent, Oqqo‘rg‘on t. va Yangiyo‘l sh.), Toshkent shahrida (Uchtepa, Olmazor t.), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (Nukus sh., Beruniy, Qonliko‘l va Mo‘ynoq t.) jami 19 ta Markaz filiallari tashkil etilgan bo‘lib, bugun ularning soni ya’na bittaga ortdi.

    Manba: Axborot xizmati