eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park va Inha universitetining xalqaro va milliy kompaniyalar bilan hamkorligini rivojlantirish muhokama qilindi
    14.11.2019

    Toshkent shahridagi Inha universitetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi. Shu bilan birga, Huawei, KT, UZBEKTELECOM, UMS, UCELL, BELINE, ZTE, RWC kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

    —"Bugungi kunda IT Park umumiy maydoni 2800 kvadrat metr bo‘lgan birinchi binosini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi. Unda 300 nafar mutaxassisga ega rezident kompaniyalar, shuningdek, elektron tijorat, sun’iy aql, axborot texnologiyalari ta’limi, moliya va tibbiyot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki 15 ta startap tashabbuslari akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish uchun joylashtirildi.
    Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga investitsiyalarni jalb qilish, shu jumladan, mamlakatda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan yangi tashkil etilgan korxona IT Park majmuasida mamlakatimizdagi barcha axborot texnologiyalari jamoalari, shu bilan birga butun Markaziy Osiyoning konsentratsiyasi kutilmoqda. Axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni xalqaro darajaga mos yuqori texnologik kompleks yaratish uchun jalb qilish rejalashtirilmoqda"— dedi AKT vaziri Sh.Sodiqov bo‘lib o‘tgan ochiq muloqatda.

    Uchrashuv yakunida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida izchil hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

    Bundan tashqari, o‘zaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama qilindi va O‘zbekistondagi loyihalar portfelini yanada kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi.

    Manba: Axborot xizmati