Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
    13.11.2019

    2019-yil 13 noyabr kuni   Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida Vazir axborot texnologiyalari sohasida oʻzbek-koreys hamkorligining yanada  rifojlanayotganini taʼkidladi.

    Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, ayniqsa, yangi tadqiqotlar texnologiyalar, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlimning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.