eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "UNICON.UZ" va Toshkent shahridagi Amiti universiteti bilan anglashuv memorandum imzolandi
    07.11.2019

    Toshkent shahridagi Amiti universitetida "UNICON.UZ" rahbari bilan Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori doktor Sunil Katri bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

    Doktor Sunil  Кatri Hindiston ta'lim sohasi haqida malumot berdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar  "UNICON.UZ" ning mavjud zamonaviy laboratoriyalarida amaliy mashg'ulotlar o'tkazish, qo'shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, istiqbolli IT-loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. .

    Shuningdek, tomonlar birgalikda ijtimoiy tadbirlar, tanlovlar, ilmiy-texnik konferensiyalar o'tkazish borasida kelishib oldilar.

    Uchrashuv yakunida "UNICON.UZ" va Toshkent shahridagi Amiti universiteti  o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati