Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUDA “INFORMATIKA VA KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR-2019” NOMLI XALQARO ILMIY-TEXNIK ANJUMAN BO‘LIB O‘TMOQDA
    05.11.2019

    4 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2019” (ICISCT 2019) nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumani o‘z ishini boshladi.

    Anjumanning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, shuningdek, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, J.Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, Chexiya Respublikasi, Litviya, Serbiya, Italiya va Bolgariya davlatlarining 30 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari hamda TATUning professor-o‘qituvchilari, talabalari va yurtimizda AKT sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

    Ushbu anjumanda ko‘rib chiqilayotgan masalalar axborot kommunikatsiya sohasida vujudga kelayotgan muhim masalalarni yechishda, ilg‘or texnologiyalarni jamiyatimizga tadbiq etilishida, mamlakatimiz hamda xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashinish uchun katta tajriba maydonchasi bo‘ladi.

    Shuningdek, ushbu xalqaro konferensiya doirasida 30dan ziyod xalqaro mutaxassislarning, 200dan ziyod mamlakatimiz professor-o‘qituvchilar, talabalarning ilmiy maqolalari chop etildi.

    Anjuman 6 noyabr kuniga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati