eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ZTE Corporation bilan anglashuv memorandumi imzolandi
    02.11.2019

    2-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Xitoyning ZTE Corporation katta vitse-prezidenti Сhjunxua  Mey bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Unda O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va ZTE Corporation o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

    Mazkur uchrashuv uzoq yillar mobaynida tomonlar oʻrtasida amalga oshirib kelinayotgan muzokaralarning davomi hisoblanadi.

    Vazir mehmonni qutlar ekan, Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalarining Oʻzbekiston bozoridagi faol ishtiroki mamlakatlarimiz oʻrtasidagi samarali hamkorlik hamda respublikamizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani natijasi ekanini taʼkidladi.

    Simli va mobil keng polosali ulanish (Internet) tarmoqlarini kengaytirishning istiqbollari muhokamalarning markaziy mavzusiga aylandi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish boʻyicha ham fikr almashildi.

    ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti kompaniya Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini yanada faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

    Vazirlik tomonidan ham zamonaviy va talab yuqori boʻlgan telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun eng yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ZTE korporatsiyasining Oʻzbekistondagi telekommunikatsiya operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi qoʻllab-quvvatlanishi maʼlum qilindi.

    Manba: Axborot xizmati