Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar

Saralash

“Zamonaviy menejment” va “Boshqaruv mahorati” bo‘yicha xodimlar malaka oshirdi

Bugun 12 oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari va tizimdagi tashkilotlar rahbar xodimlarining 15 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Zamonaviy menejment” va “Boshqaruv mahorati” yo‘nalishlari bo‘yicha malakalarini oshirib sertifikatlar bilan taqdirlandi.

12.10.2019

IT-Parkda Germaniyadan tashrif buyurgan delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

IT-Parkda Oldenburg universiteti professorlari va ilmiy xodimlari, Germaniya aviatsiya va kosmonavtika markazi vakillari hamda Germaniya Federativ Respublikasidagi IT-kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mehmonlar IT-Park faoliyati va dasturlari bilan tanishdilar, Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida alohida muhokamalar qilindi. 

11.10.2019

Butunjahon pochta kuni nishonlandi

9 oktabr kuni "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan O'zbekiston aloqa tarixi muzeyida Butunjahon pochta kuniga bag'ishlangan "Davra suhbati" shaklida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Jamiyat rahbariyati, boshqaruv apparati, filiallar va pochta aloqasi bo'limlari xodimlari ishtirok etdi.

10.10.2019

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi: aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

09.10.2019

TATUda “SMART CITY” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

“O‘zbekiston-Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan 2019 yil 7-11 oktyabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU, TATU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TATUda “SMART CITY” mavzusida O‘zbekiston-Germaniya xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

08.10.2019

Vazirlik stipendiyasiga hujjatlar topshirish boshlandi.

Vazirlikning “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasini tayinlash tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019 yil 1 fevraldagi 76-son buyrug‘iga asosan soha ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilariga Vazirlikning stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibini belgilangan. 

08.10.2019