Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar

Saralash

Toshkentda USENET 2019 anjumani boʻlib oʻtdi

Poytaxtimizda har yilgi USENET 2019 Internet-anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda. 

16.05.2019

Andijonda ham Raqamli texnologiyalar markazi ochildi

Prezident ilgari surgan beshta tashabbusning uchinchi yoʻnalishi — aholi va yoshlarni kompyuter texnologiyalari va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oʻrgatish ishlari davom ettirilmoqda. 15 may kuni Andijon shahrida ham Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi.

16.05.2019

Internetni boshqarish boʻyicha 4-Markaziy Osiyo forumi boʻlib oʻtmoqda

Forum har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari, MDH va Yevropadan 200 nafar ishtirokchini oʻzida birlashtiradigan Markaziy Osiyo mamalakatlarida Internetni boshqarish siyosati masalalarini muhokama qilish boʻyicha ochiq maydon hisoblanadi. 

15.05.2019

Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida

2019 yil 14 mayda Aloqa tarixi muzeyida Toshkent shahrida Amiti universiteti faoliyatini tashkil etish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

14.05.2019

Talabalar respublika fan olimpiadasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 314-sonli buyrugʻiga asosan 15-16 may kunlari Kompyuter grafikasi fanidan, 17-18 may kunlari Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Talabalar respublika fanlar olimpiadasining II bosqichi oʻtkaziladi.

10.05.2019

9 may – Xotira va qadrlash kuni

Qadrli yurtdoshlar! Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi barchangizni 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etadi. Hayotning har bir daqiqasi Sizga quvonch, osoyishtalik va baxt olib kelsin!

08.05.2019

IUT bitiruvchilari Silikon vodiysida konfrensiyada qatnashmoqda

Bugun IUT bitiruvchilari Silikon vodiysidagi Google I/O dasturchilar uchun 12-konfrensiyada qatnashishmoqda va hozirda ushbu tadbirdan to‘g'ridan-to‘g‘ri efir chiqishmoqda. 

08.05.2019

Yaponiyalik hamkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Q. Yuldashev Yaponiyaning “NEC” korporatsiyasi katta ijrochi vitse-prezidenti, direktorlar kengashi aʼzosi Norixiko Ishiguro bilan uchrashdi.

07.05.2019

7-may radio va aloqa kuni

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radio, televideniye va aloqa sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi!

07.05.2019

Oʻquv markazining eng yaxshi bitiruvchilari TATUga imtihonsiz qabul qilinadi

6 may kuni Margʻilon shahrida navbatdagi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi. Tantanali ochilish marosimida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov va Margʻilon shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev qatnashdi.

07.05.2019