Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar

Saralash

«ICTWEEK Uzbekistan 2019» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi

2019 yil 24 sentyabr kuni  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalqaro savdo markazi (ITC)da «ICTWEEK Uzbekistan 2019» haftaligining rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanini o‘tkazdi.

Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, «ICTWEEK Uzbekistan 2019» tashkiliy qo‘mitasi raisi Olimjon Umarov so‘zga chiqdi.

24.09.2019

Toshkent shahridagi Amiti Universitetida o‘quv yilining birinchi kuniga talabalarni qabul kilish tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Amiti Universitetida 2019/2020-o‘quv yili uchun talabalarni qabul kilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etib talabalar bilan ochiq muloqat o‘tkazdi. 

24.09.2019

"UZIMEI yagona ma'lumotlar bazasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimini joriy etish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

2019-yil 20-sentyabr kuni O'zbekiston aloqa tarixi muzeyida "UZIMEI yagona ma'lumotlar bazasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimini joriy etish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

 Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va "O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi ("O'TTBRM" DUK) tomonidan tashkil etildi.

20.09.2019

UZIMEI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" 847-sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro'yxatga olish tizimi joriy etilmoqda.

18.09.2019

AKT vaziri Qozog‘istonda aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan uchrashdi

Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining va ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Unda 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qilgandi.

17.09.2019

UZMOBILE 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi

Yangi avlod tarmoqlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE tarmog’ida sinovdan o’tkazish uchun 5G texnologiyasi bo‘yicha tayanch stansiyalarning dastlabki to‘plamlariga ega bo‘ldi. Joriy yilning 14 sentabr kuni uskunalar o‘rnatildi va dastlabki sinovdan o‘tkazish uchun foydalanishga topshirildi.

17.09.2019

AKT vaziri raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qildi

Bugun, 16 sentyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan, Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi hamda ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qildi.

16.09.2019

Mintaqaviy xalqaro hamkorlik

Shu yilning 16-17 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining va ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

16.09.2019

Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qadimiy Qo‘qon shahrida 2019-yil 10-sentabrdan 15-sentabrgacha birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.

14.09.2019

Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bо‘yicha parlament eshituvi

2019 yil 12 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari deputatlaridan iborat Demokratik kuchlar bloki tashabbusi bilan “Axborot tarqatish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish” mavzusida parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi. 

13.09.2019