Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «ICTEXPO» ko‘rgazmasi davom etmoqda
    26.09.2019

    «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi 25—27-sentyabr kunlari Toshkentda («O‘zekspomarkaz»  MKM) va Farg‘onada (TATU Farg‘ona filiali) bir paytning o‘zida bo‘lib o‘tmoqda. 

    Bugun 26 sentyabr kuni  «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida o‘tayotgan ko‘rgazmaga  «O‘zekspomarkaz» MKK AJda bugun bo‘lib o‘tgan «MGovAward» konferensiyasi ishtirokchilari ham qatnashdi.

    «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasida  O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va bir qator vazirliklar rahbarlari ishtirok etdi.

    “ICTEXPO-2019” AKT ko‘rgazmasining olib borishni asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish qilish, ekspertlar jamoalarining professional platformasini shakllantirish va milliy bozor subyektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, AT-biznes va iste‘molchilarning keng doirasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga kirish, ta’minot va talabni qondirish hamda qo‘shma tashabbuslarni faollashtirishga imkon beradi.

    27 sentyabr kuni  oddiy foydalanuvchilar uchun B2C formatida  ko‘rgazma o‘tkaziladi va yakunlanadi.

    Manba: Axborot xizmati