Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti Universitetida o‘quv yilining birinchi kuniga talabalarni qabul kilish tadbiri bo‘lib o‘tdi
    24.09.2019

    Bugun 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Amiti Universitetida 2019/2020-o‘quv yili uchun talabalarni qabul kilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etib talabalar bilan ochiq muloqat o‘tkazdi.

    —O‘ylaymanki bu Universitetda o‘qish bo‘yicha qabul qilgan qaroringiz to‘g‘riligi, Sizni kelajakda o‘z kasbining ustasi va fidoiyi bo‘lib yetishishingiz bilan albatta isbotlanadi.

    Vazirligimiz, qolaversa soha korxonalari Sizlar uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyordir, kelgusida albatta Sizlarni soha korxonalarida faoliyat yuritishingizga umid qilamiz.

    Barchangizning o‘qishlaringizda omad tilayman, ustozlarimiz bergan har bir o‘gitni to‘g‘ri qabul qilib, nufuzli Universiteti talabasi sharafiga mos keladigan hulq atvoringiz bilan barchaga na’muna bo‘lasiz deb o‘ylayman, — dedi AKT vaziri Sh.Sodiqov talabalar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqatda.

    Shu bilan birga tadbirda mazkur oliy ta’lim muassasasi prezidenti Atul Chauxana boshchiligidagi Hindistonning Amiti universiteti vakillari va ushbu universitetning boshqaruv va ta’lim bo‘linmalari a’zolari ham ishtirok etdi.

    Toshkent shahridagi Amiti universitetiga bakalavr darajasi uchun Axborot texnologiyalari, Muxandislik va kompyuter texnologiyalari, Iqtisod, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi yo‘nalishlar bo‘yicha, shu bilan birga magistrlik darajasi uchun ham qabul amalga oshirildi.

    Bu yilgi kirish imtihonlari uch bosqichda va hind professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi, ishtirok etgan 5834 nafar abituriyentdan 500 nafarga yaqini talabalikka qabul qilindi.

    Universitet uchun oldingi Aloqa kolleji binosi ajratilib, ushbu bino zamon talablariga mos ta’mirlanib, talabalarning ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Bugungi kunda Toshkentdagi Amiti Universitetida darslarni olib borish uchun, Hindistondan o‘quv tajribasi yuqori bo‘lgan 15 nafardan ziyod professor-o‘qituvchi hamda xalqaro bilim darajasiga ega mahalliy professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

    Hindistondagi Amiti Universiteti haqida 2005 yilda tashkil etilgan mazkur oliy o‘quv yurtida axborot texnologiyalari, moliya, yurisprudensiya, iqtisod va boshqa sohalarda 70 dan ortiq ta’lim dasturlari bo‘yicha 80 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

    Ta’lim muassasasining asosiy ma’muriyati Hindistonning Noida shahrida joylashgan bo‘lib, 15 ta shaharda kampuslari, shuningdek Nyu-York, London, Dubay, Singapur, va boshqa shaharlarda filiallari mavjud.

    Manba: Axborot xizmati