Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qildi
    16.09.2019

    Bugun, 16 sentyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan, Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi hamda ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qildi.

    —Bugungi kunda istalgan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash va jahon maydonida raqobatdoshligini oshirish ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyotning samarali shakllanishi va rivojlanishiga bog‘liq.

    Tabiiyki, raqamli iqtisodiyot turli mamlakatlarda turlicha, raqamli kun tartibining ustuvorliklari va mavjud sharoitlarga asoslanib rivojlanadi.

    Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning barcha modellari uchun umumiy xususiyatlar ham bor. Bular — bu raqamli texnologiyalarga innovatsiyalar va katta miqdordagi sarmoyalarni kiritish uchun qulay sharoitlar mavjudligidir. Shulardan kelib chiqib aytishim mumkinki, O‘zbekiston raqamli transformatsiya bosqichiga o‘tdi, — dedi AKT vaziri Sh. Sodiqov o‘z ma’ruzasida.

    Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston rahbariyati mamlakatda axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator ustuvor vazifalarni belgilab olgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

    ASHHning 55-yig‘ilishi ertaga, 17 sentyabr kuni  davom etadi.

    Manba: Axborot xizmati