Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • Mintaqaviy xalqaro hamkorlik
    16.09.2019

    Shu yilning 16-17 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining va ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

    Bugun yig‘ilishning birinchi ish kuni boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbariligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

    MDHga a’zo mamlakatlar Aloqa ma’muriyatlari ishtirok etadigan ASHHning ilk yig‘ilishi 1991 yilning 17 dekabr kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan. Shu jumladan, O‘zbekiston ham ham ushbu nufuzli anjumanlarga 1995 yilning 30-31 may va 2006 yilning 22-23 may kunlari mezbonlik qilgan. Aytish joizki, Nur-Sulton shahrida Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining 55 va Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining 25-yig‘ilishidir. Unda jami 107 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Xususan, tadbirda Latviya, Litva, Sloveniya davlatlari vakillari kuzatuvchi, YeVTELSAT hukumatlararo yo‘ldoshli aloqa tashkiloti, “Intersputnik” xalqaro kosmik aloqa tashkiloti, Xalqaro elektraloqa va Butunjahon pochta ittifoqlari, Eron Islom Respublikasi aloqa ma’muriyati ham taklif qilinganlar, GSMA, Huawei Technologies, “FOPTNET” MChJ vakillari ma’ruzachi maqomida ishtirok etmoqdalar.

    Ikki kunlik yig‘ilishda tashkilotga a’zo davlatlarda raqamli rivojlanish, 5G texnologiyalari taraqqiyoti, aloqa tarmoqlarida sodir etilayotgan firibgarlikka qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar,  Butunjahon pochta ittifoqi tashkil etilganing 145 yilligini nishonlashga tayyorgarlik singari jami 20 dan ziyod masalalar ko‘rib chiqilishi va qaror qabul qilishi belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati