eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari chiqarildi
    14.09.2019

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qadimiy Qo‘qon shahrida 2019-yil 10-sentabrdan 15-sentabrgacha birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.

    Ushbu muhim madaniy-ma’rifiy tadbir munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘zbekiston pochtasi” AJ  tayyorlagan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

    Turkum 2 ta kichik varaq ko‘rinishida: 1-kichik varaq Arxitekturaga bag‘ishlangan, 2-kichik varaq xalq amaliy san’atiga bag‘ishlangan. Har bir kichik varaq 8 ta pochta markasidan va 1 ta kupondan iborat hamda ular uchun sovg‘abob klyasserlar ham tayyorlangan.

    Pochta markalarida Qo‘qon shahrining tarixiy obidalari hamda O‘zbekiston xalq-amaliy san’atining betakror va bebaho namunalari aks ettirilgan.

    Manba: Axborot xizmati