Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • Vazirlik xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etishdi
    18.08.2019

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18-avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 17-18-avgust kunlari hashar o‘tkazildi. Unda vazirlik xodimlari faol ishtirok etdilar.

    Hashar mobaynida manzarali daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borildi, ko‘chalar, yo‘laklar tartibga keltirilib, bino va uning atrofi obodonlashtirildi.

    Manba: Axborot xizmati